1929 yilda O’rta Osiyo Politexnika instituti tarkibida tashkil topgan qurilish fakultetining arxitektura bo’limida O’zbekiston xududida arxitektor kadrlar tayyorlashga asos solindi. 1934 yilda birinchilar qatorida ushbu bo’limni bitirgan Abdulla Boboxonov, S.Asaturov, G.Jaxongirovlar keyinchalik mashxur arxitektor-muxandis, taniqli pedagog olim bo’lib etishdilar. 1991 yilda Toshkent arxitektura - qurilish instituti tashkil qilingach, birinchi kundan boshlaboq o’quv jarayoni qayta tashkil etildi, kadrlar tayorlashning zamonaviy talablarga moslashtirish soxasida juda katta tashkiliy ishlar qilindi. 1991-93 yillarda yo’nalish va mutaxassisliklarning o’quv rejalari qayta ishlab chiqildi. Talabalar uchun ikki bosqichli tizim, yani bakalavr va magistrlar tayyorlash tizimi joriy etildi.
Fakultetda 91 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 11 nafari fan doktori professorlar, 33 nafari fan nomzodi dotsentlar, 50 nafari katta o‘qituvchi va assistentlardir. Fakultetda dars beruvchi professor-o‘qituvchilarning 48 foyizi ilmiy salohiyatga eda pedagoglar.
Hozirgi kunda Arxitektura fakultetida beshta yo’nalish bo’yicha bakalavr tayyorlanadi:
60210400 – Arxitektura (turlari bo’yicha)
5341000 – Qishloq xududlarini arxitektura loyihaviy tashkil etish
60210400 – Dizayn(turlari bo’yicha)
60731100 – Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi
60212200 – Madaniy me’ros obektlarini asrash
Yo’nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlash muddati 4 yil.
Fakultetda hozirgi kunda 1241 nafar talaba taxsil oladi, shulardan 10 nafari chet ellik talabalar.
Fakultetda 4 ta mutaxassis tayyorlovchi va 1 ta yordamchi kafedra faoliyat ko’rsatmoqda. Bular:
Arxitektura tarixi va nazariyasi
Arxitekturaviy loyihalash
Interyer va landshaft dizayni
Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi
Muxandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash
70730101 – Bino va inshootlar arxitekturasi
70730102 – Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash
70730103 – Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi
70210401 – Dizayn (turlari bo’yicha)
Fakultetda Belorusya milliy texnika instituti va Moskva Arxitektura institutlari bilan qo‘shma ta’lim asosida “Arxitektura” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, Germaniyaning Anxalt amaliy fanlar universiteti bilan birgalikda “Madaniy meros ob’ektlarini saqlash” mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlar tayyorlanadi.
Toshkent, Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko‘chasi, 7-uy,
Eng yaqin metro bekati: Paxtakor
Ish vaqti: Du-Sha: 9.00 - 18.00
Telefon: +998 (71) 241-80-02
Email: devon@taqi.uz