1929 yilda O‘rta Osiyo paxtachilik – industrial politexnika instituti qoshida “Arxitektura tarixi va nazariyasi” kafedrasi tashkil etildi.
Kafadra bugungi kunga kelib 2 ta bakalavr
60212200 – “Madaniy meros ob’yektlarini asrash”,
60731100 – “Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavrasiyasi”, va magistraturada
70730102 - “Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash”
va Germaniyaning Anxalt universiteti bilan hamkorlikdagi “Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash” mutahassisligidan 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi asosida mamlakatimiz taraqqiyoti uchun kadrlar tayyorlanib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi va uni 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi to‘g‘risida” 2022-yil 8-noyabrdagi 128-sonli qarorining 5-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur o‘zbek ayollari nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish to‘g‘risida” 2022-yil 22-dekabrdagi 422-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur o‘zbek ayollari nomi bilan ataluvchi, Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Arxitektura tarixi va nazariyasi” kafedrasining mudiri, arxitektura fanlari doktori, professor Qodirova To‘lqinoy Foziljonovna nomi bilan ataluvchi stipendiya joriy etildi.
Hozirgi kunda “Arxitektura tarihi va nazariyasi”, “Arxitektura yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash”, “Tarixiy shahar markazlarini rekonstruksiya qiliish”, “Arxitektura yodgorliklaridan zamonaviy maqsadlarda foydalanish”, “Arxitektura yodgorliklarining muhofaza hududlarini tashkil etish usullari”, “Tarixiy shahar markazlarini qayta tiklash”, “Muqarnas va girih”, “Restavrasiyada innovasiyalar: xorij tajribasi” va boshqa mutahassislik fanlaridan o‘ndan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar nazariya, amaliy dars mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar.
Kafedrada 4 nafar fan doktori, professorlar; D.A.Nozilov, O.M. Salimov, Sh.Z. Nurmuhamedova, T.Sh. Mamatmusayev, 2 nafar fan nomzodi, professorlar; X.Sh. Po‘latov, Z.X. Adilov, 5 nafar PhD, dosentlar; I.K. Shoisoyev, S.M. Mirdavidova, O.A. Masharipov, Ye.G. Barsukova, R.B.Abdurahimov, 1 nafar v.v.b. dosent A.A.Turdiyev, 2 nafar katta o‘qituvchilar Sh.R. Boboyorova va Sh.Sh. Mustofoyev 2 nafar assistentlar D.A. Utanova, M.A. Norboyevalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.
Kafedrada 18.00.00 – “Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash” ixtisosligi bo‘yicha xozirgi kunda 21 nafar tayanch doktorant, 6 nafar mustaqil izlanuvchi (PhD), 2 nafar DSc doktoranti va 3 nafar mustaqil izlanuvchi (DSc) lar arxitektura tarixi va nazariyasi, arxitektura tarixiy yodgorliklarni tiklash va shu kabi mavzular ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xozirgi kunga kelib 10 dan ortiq darslik, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatma va 15 ga yaqin monografiyalar chop ettirildi.
“Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi 1929 yilda tashkil topgan. Kafedra quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlaydi:
5340100 – "Arxitektura” (turlari boyicha). Bakalavr
5A340101–"Bino va inshootlar arxitekturasi”. Magistratura mutaxassisligi.
1923 yilda O’rta Osiyo Davlat Universiteti asos solingan.1929 yil O’rta Osiyo paxtachilik irrigasiya Politexnika instituti alohida ajralib chiqadi. Uning tarkibida "Mexanika”, "Suv xojaligi”, Agropaxtachilik”, "Kolxozchilik va sovxozchilik” va "Qurilish” fakultetlari bolgan. Qurilish fakultetida arxitektura bo’limining yaratilishida G.Svarichevskiyning xizmatlari katta. 1931 yilga kelib O’rta Osiyo Qurilish Instituti ozining tarkibida "Injener qurilish”, "Sanitariya texnika” va "Arxitektura” fakultetlaridan tashkil topadi.
Arxitektura fakultetida 3 ta kafedra shundan 1 tasi "Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi edi. Kafedra mudiri Kolotov S.M bo’lgan. Uning bir qancha arxitektor mutaxassislar tayyorlashda xizmatlari katta. 1949 yilda yangi bo’limlar ochilishi munosabati bilan, O’rta Osiyo Qurilish Instituti, yangi Orta Osiyo Politexnika Institutiga aylantirildi.
1961 yildan O’rta Osiyo Politexnika Instituti, Toshkent Politexnika Institutiga aylantirildi (TashPI). "Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasini SSSR xalq arxitektori prof. Boboxonov A.B boshqargan. Boboxonov A.B boshchiligida bir qancha yetuk mutaxasislar ishga qabul qilinadilar. dots. Karash L. G, dos.Kolomenskiy V.N, dos.Garamov Yu.M, dos.Duranovskaya Ye.I va boshqalar. Vaqt otib "Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi "Turar joy binolarni loyihalash” kafedrasi (prof Babievskiy K.V, Kolomenskiy V.N, Korobovsev G.I, dots Asomov R.J), "Jamoat binolari va Intererni loyihalash” kafedrasi (prof Babaxonov A.B, prof Hidoyatov T.A), "Sanoat binolarini loyixalash” kafedrasi (Boymuxamedov B.A) bo’linadi. 1991 yili Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti tashkil etilib, kafedra "Arxitekturaviy loyihalash” ga o’zgartirildi va kafedraga prof. Ubaydullaev X.M tayinlanadi. 2002 yilga kelib kafedra mudiriga prof. Hidoyatov T.A boladi. 2005 yilda kafedra "Arxitektura va Shaharsozlik” deb nomlandi prof Latipov D.V, 2006 yil apreldan dots Tursunov S.T. 2007 yildan prof. Ubaydullaev X.M kafedra mudiri bo’lib ishlab keldi. 2009 yildan kafedra "Arxitekturaviy loyihalash” aylantirildi. 2011-2012 yillar Mansurov Y.M. 2012-2015 yillar kafedra mudiri Yunusov Sh.H. 2015-2016 yillar Reyimbayev Sh.S. 2016-2017 Yunusov Sh.H. 2018 yil yanvardan kafedrani (PhD).dots Xasanov A.O., boshqarib kelmoqda.
Arxitekturaviy loyihalash.
Zamonaviy turarjoy va jamoat binolari arxitekturasi
Bino va inshootlar tipologiyasi
Sanoat binolarini loyixalash
Inter’er va jihozlash
Arxitekturada innovatsiyalar
Arxitekturaviy loyihalashning ijtimoiy asoslari
Arxitekturaviy bionika
Zamonaviy turar joy va jamoat binolari tipologiyasi
Arxitekturaning ilmiy tadqiqot asoslari
Arxitekturada innovatsiyalar (Xorijiy tajribalar)
arxitektura fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
«Interyer va landshaft dizayni” kafedrasi 2002 yilda tashkil topgan. Kafedra quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlaydi:
60210400 - Dizayn (Arxitekturaviy muhit dizayni); Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi.
70210401 - Dizayn (Arxitekturaviy muhit dizayni); Magistratura mutaxassisligi.
Каfedra tashkil etilgandan keyin dastlab dotsent, B.A. Baymuxamedov 2004 yilgacha raxbarlik qilgan, 2004-2015 yillarda dotsent M.R. Borodina, 2015-2016 yillarda arx.f.n., dotsent A.V. Vetlugina, 2016-2022 yillarda dotsent, arx.f.b.f.d (PhD), Z.E. Matniyazovlar kafedra muduri lavozida faoliyat yuritganlar. 2022 yildan boshlab hozirgi vaqtda dotsent S.S. Elmurodov kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ayni vaqtda kafedrada 1ta O‘zbekiston respublikasi badiiy akademiyasining akademikgi, 3 ta professor, 9 ta dotsent, 9 ta katta o‘qituvchi, 3 ta assistent faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llashda, informatsion texnoligiyalarni joriy etishda, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda hamda ilmiy tadqiqot ishlarida na’muna ko‘rsatib kelmoqdalar.
Kafedrada “Dizayn asoslari”, “Loyihalash asoslari”, “Arxitekturaviy grafika”, “Landshaft dizayni”, “Interyer dizayni”, “Badiiy loyihalash”, “Dekorativ bog’dorchilik”, “Ergonomika”, “Kompyuterda loyihalash”, “Modellash va prototiplash”, “Taqdimotlar dizayni” fanlaridan zamonaviy darslik va o’quv qo‘llanmalar bilan ta’minlashda Respublikamizda yеtakchi kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan darsliklari hozirgi vaqtgacha “Dizayn” va “Arxitektura” mutaxassisligi talabalari uchun asosiy o‘quv adabiyoti sifatida foydalanilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borgan ishlar natijasida, yillar davomida ko‘plab nufuzli tanlovlarda g’olib va sovrindor iqtidorli talabalar yetishib kelmoqda. Xususan, 2 ta “Prezident” davlat stipendiyasi, 1 ta “Furqat” stependiyasi, “Kamoliddin Behzod” nomidagi davlat stipendiyasi, 6 ta “Fan olimpiadasi”, ko‘plab xalqaro va respublika tanlovlari g‘oliblari yetishib chiqqan.
Shu bilan birga yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg’ulotlar olib borish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ayni vaqtda, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi darsliklar va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar yaratish bilan birgalikda arxitektura muhuti dizayni sohalarida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy izlanishlari bir qator oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Olingan ilmiy-amaliy natijalar va xulosalar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy anjumanlarda muhokama qilinib, ilmiy maqolalari turli xil nufuzli xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etilmoqda.
arxitektura fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Matniyazov Zafar Erkinovich
Arx.f.b.f.d (PhD), professor v.b.
zafar18@mail.ru
Buronov Nizomiddin Sobirovich
Dotsent
nbsarch2019@gmail.com
Tajibayev Jur’at Xamroyevich
Katta o‘qituvchi
Taruj1313@mail.ru
Aliyeva Manzura Xamidulla qizi
Katta o‘qituvchi
aliyevamanzura1215@gmail.com
Komiljonov Muxammadsolix Muxammadsobirovich
Katta o‘qituvchi
komiljonov7174@gmail.com
Abdujabbarova Durdona Durbek qizi
Katta o‘qituvchi
Abdujabbarovadurdona@gmail.com
Elmurodov Ramazon Saydulla o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
elmurodovramazon900@gmail.com
Mustafayeva Madina Shaxriyorovna
Assistent
Madina.mustaf@gmail.com
Zokirova Latofat Abduvali qizi
Assistent
latofatzokirova57@gmail.com
Chizma geometriya va injenerlik grafikasi fanlaridan talabalarga malakali bilim berishni tashkil qilish maksadida 1991 yil 1 iyulda institut tarkibida “Chizma geometriya va qurilish chizmachiligi” kafedrasi tashkil etilgan va unga texnika fanlari nomzodi, dosent Mirxamidov D.X. rahbar etib tayinlangan. 2000 yildan boshlab “Arxitektura” yo‘nalishi o‘quv rejasiga “Kompyuterda loyihalash” fani kiritildi va o‘quv jarayonida darslar tashkil etildi. Asosan, AutoCAD va 3D studio MAX grafik dasturlar professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirildi, namunaviy dasturlar ishlab chiqildi, o‘zbek tilida grafik dasturlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, auditoriya va mustaqil ta’lim topshiriqlari yaratildi, talabalarga dars o‘tish uslubiyati ishlab chiqildi, yangi kompyuter xonalari tashkil etildi. Hozirgi kunda “Kompyuter grafikasi” fani 9 yo‘nalish talabalariga o‘qitiladi. Kafedra 2006-11 yillar «Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi bilan birlashtirilgan va “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi nomi berilgan. 2011 sentyabr oyidan “IKG” kafedrasi bo‘lindi va “Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash” kafedrasi alohida faoliyat ko‘rsata boshladi. Bugungi kunda kafedrada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan professor-o‘qituvchilar p.f.n professorlar A.Sulaymonov, S.Saidaliyev, dosentlar t.f.n. DJ.Mirxamidov, B.Nig‘monov, Z.Bobomuratov, M.Xamroqulova, v/b N.Berdiyev, katta o‘qituvchilar F.Rasulova, X.Rizayev, Z.Mansurov, N.Tursunaliyev, E.Nurmatov, DJ.Ishmatov, E.Nizamov, A.Ergashev, Sh.Bekmirov va p.f.n. S.Mardov, o‘qituvchilar Sh.Galimova, G.Ramazonovalar xizmat qilmoqdalar.
Ular “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi”, “Kompyuterda loyihalash”, ”Kompyuter grafikasi”, fanlaridan institut talabalari, magistrantlari, iqtidorli talabalari, malaka oshirish fakulteti tinglovchilariga har tomonlama chuqur bilim berib kelmokdalar. Yuqorida keltirilgan fanlarning o‘qituv dasturlari, hisob-grafik ishlari, amaliy mashg‘ulotlari topshiriqlari, ularni yechish uslubiyatlari ishlab chiqilgan. Hamma fanlarning ma’ruza matnlari yaratilgan bo‘lib, ular har yili takomillashtirib boriladi. Mustaqillik yillarida o‘zbek tilida 15 dan ortiq o‘quv adabiyotlari yaratildi va o‘quv jarayonida keng qo‘llanilmoqda.
Har kuni soat 1500 dan 1700 gacha kafedra tasarrufida bo‘lgan kompyuter xonalarida to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, unda talabalar kompyuterda ishlash ko‘nikmalarini chuqurlashtiradi, bakalavrlik bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini yozadilar. Kafedra faoliyatidan lavhalar.
p.f.n. professor
Nig‘manov Bahrom Vassiqovich
Dotsent
b.nigmanov0356@mail.ru
Mirxamidov DJalil Mirxamidovich
T.f.n dosent
m.djalilov@mail.ru
Saydaliev Saidkarim Saidnabievich
P.n.f. professor
arxitektor_chizma@mail.ru
Xamraqulova Matlyuba Mo‘ydinovna
Dotsent
mhamrokulova70@mail.ru
Rasulova Feruza Saidaxatovna
Katta o‘qituvchi
feruza.rasulova.2015@mail.ru
Rizaev Xusniddin To‘xtamuratovich
Katta o‘qituvchi
Rizaev77@mail.ru
Mansurov Zuxriddin Xalilullaevich
Katta o‘qituvchi
zuhriddinhoji@mail.ru
Tursunaliev Nizomjon Yunusovich
Katta o‘qituvchi
tursunaliev.Nizomiddin @mail.ru
Nurmatov Elyor Alimovich
Katta o‘qituvchi
Projet@mail.ru
Mardov Sanjar Xudoykulovich
P.f.n. katta o‘qituvchi
sanjar.mardov@mail.ru
Galimova Shoxsanam Xabibulla qizi
o‘qituvchi
Shokhsanam_galimova@list.ru
Ramazonova Gavharshod Saydulla qizi
o‘qituvchi
gavharramazonova703@mail.com
Sulaymonov Asqarali
P.n.f. professor
asqaralisu@gmail.com
Bobomuratov Ziyodulla Rustamovich
Dotsent
ziyobobom@gmail.com
Ishmatov Djuraboy Tursunboevich
Katta o‘qituvchi
juraboyish@gmail.com
Berdiev Nurmon Ochilovich
v.b dosent
nurmonbe@gmail.com
Nizamov Erkin Mirzabdullaevich
Katta o‘qituvchi
erkinnizamo@gmail.com
Ergashev Alisher Almaxamatovich
Katta o‘qituvchi
alisherer@gmail.com
Bekmirov Sherzod Chorievich
Katta o‘qituvchi
serzodbekmirov@gmail.com
Kafedra 1968 yil tashkil topgan bo'lib, "Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi” kafedrasi "Shaxarsozlik va loyihalash arxitekturasi” kafedrasi tarkibidan 2009 yil sentyabrda ajralgan bo`lib, Toshkent politexnika institutining "Shaharsozlik” kafedrasi (1991 g.), xamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining "Shaharsozlik va aholi xududlarini qayta tiklash” kafedralarining (2005) davomchisi hisoblanadi. Kafedrani turli yillarda quyidagi datsentlar bosh boshqargan: V. E. Arxangel’skiy, R. O. Salimov, K. Muxamedjanov, S. T. Tursunov, R. M. Saliyev, K. M. Xolmirzayev. Professorlardan D. V. Latipov, X. M. Ubaydullayev, X. K. Tursunovlar kafedra mudirlari bulganlar. 2009 yili arx. dok. , prof. M. Q. Axmedov kafedra mudiri еtib saylangan. Hozirgi kunda kafedra ikki yo`nalish bo`yicha bakalavriatura yo`nqlishlarida va mutaxassislik bo`yicha magistratura ta`limini olib bormoqda. Kafedrada aspirantura mavjud. Kafedra azolari mavjud o`quv rejalari asosida 10 ga yaqin o`quv qo`llamalari va darsliklar chiqarishgan. Davlat byudjeti, tashkilotlar bilan xamkorlik va individual rejalar asosida innovatsion ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Quyidagi ilmiy-izlanish, loyiha tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan: SHaxarsozlik bo`yicha UzLITI, Toshkentboshreja LITI, Qishloqqurilishloyiha DUK, NPTS "Botanika” IICHM
Kafedra tarkibi:
Hozirgi kunda, 2 nafar arxitektura bo’yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafar arxitektura nomzodi
1nafar professor
4 nafar dotsent
6 nafar katta o‘qituvchi
3 nafar assistent
nafardoktorantlar faoliyat ko‘rsatmoqda
Asosiy ilmiy yunalash: Shaxarsozlik va landshaft arxitekturasining rivojlanish muammolari.
Kafedra xamkorligi: Respublikning bosh loyixa ilmiy tekshirish institutlari va yetakchi tashkilotlari bilan yaqindan aloqa o‘rnatilgan.
Shuninigdek xar yili dunyoning turli Davlatlaridan talabalar mutaxasislar tashrif buyurib, kafedraning xamkorligia asos bo‘lib xizmat qilmoqda kafedra shu soxada davlatlarning yetakchi shaxarsozlik, landshaftva arxitektura soxasidagi yetakchi maktablar bilan xamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishgan.
Kafedra professor- o‘qituvchilari, talabalari respublikamizning arxitektura shaxarsozlik va landshaft soxalarida, olib boriladigan bunyodkorlik, obodonlashtirish ko‘kalamzorlashtirish kabi yangi loyixaviy takliflar bilan faol qatnashmoqdalar.
Yaxyayev Abdulla Abdujabborovich
Kafedra mudiri
Dpijod@mail.ru
Isamuxamedova Dilorom Uchqunovna
Dotsent
Dilorom@mail.ru
Usmonov Murodxon Saidmaxmudovich
Dotsent
Muradhan52@mail.ru
Talipov Moxirjon Agzamovich
Professor
mahirdjan.arx1@mail.ru
Kamilova Xolida Xabibullayevna
Dotsent
kholida55@mail.ru
Sattarova Kamilla Djumayevna
Dotsent
ksattaeova@gmail.com
Qosimov Toir Xadjiyevich
Katta o‘qituvchi
toir@mail.ru
Sereva Guljazira Adilbayevna
Katta o‘qituvchi
sereyeva.72@gmail.com
Umarova Maloxat Muxitdinjonovna
Katta o‘qituvchi
Malokhat1974@gmail.com
Umarov Otabek Zulfikarovich
Katta o‘qituvchi
bekolmas@email.ru
Raxmonov Abdulatif Toxir oʻgʻli
Katta o‘qituvchi
abdulatif@list.ru
Abduraxmonov Bobur Toxir oʻgʻli
Katta o‘qituvchi
boburjonqaynar@gmail.com
Siddikova Gavhar Xalilovna
Assistent
Gavharsiddiqova@gmail.com
Oripova Sarvinoz Abduqaxxor qizi
Assistent
sarvinoz.oripova890@mail.ru
Yusubova Sharqiyaxon Sanʼat qizi
Assistent
sarvinoz.oripova890@mail.ru
Yesirgapov Farxodjon Bobirovich
Assistent
Mr.esirgapov@mail.ru
Toshkent, Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko‘chasi, 7-uy,
Eng yaqin metro bekati: Paxtakor
Ish vaqti: Du-Sha: 9.00 - 18.00
Telefon: +998 (71) 241-80-02
Email: devon@taqi.uz