Dekan murojaatnomasi

Dekan murojaatnomasi

Hurmatli talabalar,
Avvalo, sizlarni oliy taʼlim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etib, Toshkent arxitektura qurilishi universitetining talabasi bo’lganizdan juda mamnunman. Siz ko’p yillik intizomli mehnatingiz uchun mukofotlandingiz va mamlakatimizning eng yaxshi Arxitektura fakultetida o’qish huquqini qo’lga kiritdingiz. Barchangizni ulkan yutuqlaringiz bilan tabriklayman.
Keyingi to’rt yil ichida siz Arxitektura fakultetining yuqori malakali professor-o’qituvchilari bilan ishlaysiz. Biz sizga nafaqat tanlagan sohangiz bo’yicha xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg’unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan kadr bo’lib Yetishishingiz uchun professional ta’lim beramiz, balki mamlakatimiz kelajagi yo’lida mustaqil qaror qabul qila oladigan, o’zingizning intellektual qobiliyatlaringizni namoyon qila oladigan, vatanparvar hamda ma’naviy barkamol shaxs sifatida o’sishingizga yordam beramiz. Sizning asosiy maqsadingiz ushbu to’rt yilni o’zingiz uchun imkon qadar samarali o’tkazishni rejalashtirishingiz kerak.
Har yili bo’lgani kabi, biz semestrning birinchi haftasini universitet to’g’risida to’liq ma’lumot berish, shuningdek, o’quv jarayonini ta’limning kredit-modul tizimi asosida tashkil qilish haftasi sifatida rejalashtirdik, u Yerda siz o’qituvchilarimiz, o’quv rejalarimiz va boshqa fanlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Sizga turli dars mashg’ulotlari, seminarlar hamda o’quv-ilmiy laboratoriyalar to’g’risida ma’lumot beramiz, Sizni Universitetimiz va fakultetimiz bilan tanishtiramiz.
Universitetning veb-sahifasi orqali Universitet, qolaversa, fakultet va kafedralarimiz to’g’risidagi barcha kerakli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatingiz mavjud. Bizning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo’lib, Universitet hamda fakultetdagi kunlik yangiliklardan tezkor xabardor bo’lishingiz mumkin.
Universitetning zamonaviy jihozlangan auditoriyalarida, o’quv laboratoriyalarida, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport komplekslarida Siz bilan birga bo’lish imkoniyatini intiqlik bilan kutamiz.
Yana bir bor barchangizni universitet talabasi sharafiga erishganingiz bilan tabriklayman, mazkur o’quv yili barcha yangi va mavjud talabalarimiz uchun samarali bo’lishini tilayman.

Hurmat bilan, Arxitektura fakulteti dekani, Arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Reyimbayev Shuxrat Sadullayevich.

MA'LUMOTLAR
ALOQA UCHUN
BIZNING MANZIL